×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 12 Avgust 2022 15:47

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi Dilorom Mamedova kutubxonamizga albomlar to‘plami sovg‘a qildi

Ma’lumki, O‘zbekiston respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining tashabbusiga ko‘ra shu kunlarda O‘zbekiston va boshqa ShHT a’zo mamlakatlari rangtasvir ustalari Samarqandda bo‘lishib, shahrimiz, viloyatimiz va mamlakatimizning osori atiqalari, xalqimizning kundalik hayoti hamda tarixiga oid badiiy polotnolarni yaratmoqdalar.

Bu rassomlar guruhi orasida yurtimizda mashhur rangtasvirchi rassom Dilorom Mamedova ham bor. Ushbu rassom ning mo‘yqalamidan chiqqan “Ostona”, “Kelish va ketish”, “Bolalik”, “Umr o‘tar”, “Qishloqdagi hayot”, “Dala tabiati”, “Qish go‘zalligi” “Bolalik”, “Devor”, “Anor”, “G‘ilon”, “Kuz”, “So‘qmoq”, “Chorvoq” kabi yuzlab polotnolarda Vatanimizning  go‘zal tabiat manzaralari,  inson hayotining mahzun va quvnoq sahnalari katta mahorat bilan ifodalangan va Dilorom Mamedovaga katta  obro‘ va olqishlar keltirgan.

O‘zbek rassomining badiiy polotnolari dunyoning turli o‘lkalaridagi ko‘rgazmalarida namoyish qilingan, shuningdek, Dilorom Mamedovaning asarlari O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Germaniya, AQSh, Shvesariya, Angliya, Yaponiya, Hindiston, Avstriya, Eron, Isroil, Quvayt davlatlari muzeylaridan va shaxsiy kolleksiyalaridan o‘rin olgan

Dilorom Mamedova universitet kutubxonasiga  o‘zining va mehmon rassomlarning albomlari to‘plamini sovg‘a qildi. Bu albomlardan talababalr va o‘qituvchilar madaniy meros va uni asrash fanlarini o‘rganishda muvaffaqiyatli foydalanishi mumkin.

O'qilgan 2886 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1237{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar