×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 15 Sentyabr 2022 14:41

“Ipak yoʻli hamkorligi – Germaniyadan Oʻzbekistonga” (Ostpartnerschaften) DAAD loyihasi doirasida sayyohlik va mobillik bilan bogʻliq ilmiy loyihada ishtirok etish uchun taklifnoma

DAAD tomonidan moliyalashtiriladigan Ostpartnerschaften loyihasi doirasida 2023-yil may/iyun oylarida Germaniyada bir yoki ikki oylik tadqiqot uchun oyiga 1200 evro miqdoridagi stipendiya (faqat PhD talabalari uchun) taqdim etiladi.

Loyiha boshqaruvi: Prof.Dr.T.Thimm

Tanlangan PhD-talabalar HTWG tadqiqot loyihalariga jalb etiladi, misol uchun ma'lumotlar yig‘ish; hammualliflikdagi maqola nashri ko‘rib chiqilishi mumkin. Bundan tashqari, tanlangan PhD-talabalar o‘zlarining tadqiqotlari haqida gapirib berish uchun HTWG Konstanz seminarlariga taklif qilinadilar.

Tanlov mezoni: motivatsion xatning o‘ziga xosligi. Tanlov komissiyasi professor doktor Gunnar Shubert, professor Xanno Langveg, professor Tatjana Thimm (barchasi HTWG Konstanz)dan iborat.

31.10.2022 ga qadar Geraldine Kortmann xonimga arizalar (jumladan motivatsiya xati, rezyume va ingliz tili B2 darajasini tasdiqlovchi hujjat): Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра..  Grant egasidan 2023 yilda HTWG tomonidan tashkil etilgan raqamli yoki shaxsiy tadbirda o‘z bo‘lish natijalarini taqdim etishi so‘raladi. Bundan tashqari, tadqiqot bo‘yicha bir sahifalik hisobot so‘raladi.

O'qilgan 2468 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1260{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar