Tanlovning asosiy maqsadi – talabalar o'rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini targ'ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalash, ulaming kitobdan foydalanishlari uchun shartsharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste'dodli yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan iborat. Tanlovning barcha bosqichlari quyidagi tartibda o’tkaziladi:
"Eng bilimdon kitobxon" sharti (test shaklida).
Bunda, tanlov ishtirokchilari o'rtasida test (50 ta savoldan iborat) o’tkaziladi.
"Annotatsiya mahorati" sharti.
Bunda, ishtirokchi tomonidan "Men yoqtirgan asar" nomi ostida o’zi sevib o’qigan asar bo'yicha qisqacha ma'lumotlar – annotatsiya beriladi.
"Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ’ib etish" sharti.
Bunda, ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ'ib etish jarayoni amalga oshiriladi.
“Eng yaxshi kitobxon talaba” respublika ko'rik-tanlovining universitet bosqichi g'oliblari aniqlandi.
1-o'rin. Rahimova Umida (2-bosqich talabasi);
2-o'rin. Abdullayeva Shirin (3-bosqich talabasi);
3-o'rin. Rabbimqilova Ra'no (2-bosqich talabasi). G'olib talabalarimizni samimiy qutlaymiz hamda keyingi bosqichlarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!