Dushanba, 19 Sentyabr 2022 16:05

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti AQSh Elchixonasining “Talabalar drama klubi”ni tashkil etish uchun grant sovrindori bo‘ldi

Grant koordinatori -  universitet professori Kamol Mustayev.

Talabalar drama teatri Samarqand viloyatida faqat ingliz tilida spektakllarni namoyish etadigan yagona teatr bo'ladi. Loyiha talabalarga Amerika (teatr) san'atini, aktyorlik, muloqot qilish, omma oldida chiqish qilish, ravon gapirish mahoratlarini o‘rganish, ingliz tilini mukammal o’rganish va rivojlantirish imkoniyatini beradi. Shunungdek, yoshlar orasida millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyatda do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik, jipslik, insonparvarlik va bag‘rikenglik madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Loyihada 25 talaba ijrochi sifatida ishtirok etadi va 1000dan  ortiq talaba  loyiha bilan tanishtiriladi.

Loyihaning asosiy maqsadi:

  • Birinchidan, talabalar ingliz tilini rivojlantirish va takomillashtirish;
  • Ikkinchidan, AQSh madaniy merosini o'rganish;
  • Uchinchidan, turli xil muloqot uslublarini assimilyatsiya qilish;
  • To‘rtinchidan, adabiy qahramonlarni o‘rganish;
  • Beshinchidan – “Body language”ni toğirlash.
  • Oltinchidan, Postmodern Amerika dramasini o’rganish.

Mazkur grant orqali jamiyatda ko‘p millatli katta oila his-tuyg‘usini kuchaytirish, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash kabi oliy maqsadlarga erishiladi.

O'qilgan 2173 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar