Joriy yilning 27 sentyabr kuni huquqshunos va blogger Xushnudbek Xudoyberdiyev “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida birinchi prorektor J.Eltazarov mehmonni universitet faoliyati bilan tanishtirdi, shuningdek, xalqaro universitetlar va sayyohlik tashkilotlari bilan hamkorlik natijalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tashrif davomida Xushnudbek Xudoyberdiyev “Ipak yo'li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti kutubxonasiga ingliz, ispan, nemis tillaridagi noyob kitoblar to‘plamini taqdim etdi, bu shubhasiz bizning professor-o‘qituvchilarimiz va talabalarimizga ilmiy tadqiqotlar va o‘quv jarayonida katta foyda keltiradi.
Universitet kutubxona fondini boyitish jarayonlari yoshlarga oid davlat siyosatini amalda tatbiq etish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, navqiron avlod ma’naviyatini, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, milliy adabiyot va san’atimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ijodkor xodimlar mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish bilan hamohangdir.
“Ipak yo‘li” universitetida yuqoridagi tendensiyalarning amalga oshirilishi ko‘p jihatdan rektor – O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovning xizmatlaridir.
Ayni paytda universitet kutubxonasida turli yo'nalishlarda 20 mingga yaqin kitob mavjud.