Joriy yilning 4 oktyabr kuni professor, diplomat, top-menejer, murabbiy, Xalqaro yoshlar instituti prezidenti Aniset Gabriel Kochofa “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun “Qanday qilib xalqaro loyihalarni yaratish va Klassikadan Metaversegacha global martaba qurish” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruza davomida talabalar qiyin paytlarda qurilishi mutlaq noldan boshlangan yirik loyihalarni yaratish va boshqarish bo‘yicha xalqaro martaba usullari, amaliyotlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Shuningdek, Gabriel Kochofa talabalarni taniqli xalqaro loyihalar va shaxslarning muvaffaqiyat tarixi bilan tanishtirdi.
Ma’ruza davomida Gabriel quyidagi mavzularga to‘xtalib o‘tdi:
* Nima uchun global sahnaga intilish kerak;
* Qanday qilib hamma narsani “Noldan” qurish va muvozanatni saqlash;
* Nima uchun pul asosiy narsa emas, lekin qanday qilib moddiy va ma’naviy ma’noda ajoyib natijalarga erishish mumkin;
* Bir nechta kasblar va tillarni tezda o'rganishga nima yordam beradi;
* Qanday qilib bilimlarni to‘plash, to‘g’ri sarmoya kiritish, samarali o‘qitish va boshqalarni rag’batlantirish;
* Hamfikrlar va sheriklarni qaerdan izlash kerak.
Ushbu ma’ruzalarni o‘tkazish talabalarga Gabriel Kochofning tajribasi bilan tanishish imkonini berdi. Ma’ruza oxirida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.