Turizm va madaniy meros vazirligi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mas’ul xodimlari, Xiva turizm va madaniy meros texnikumi, Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi va Andijon turizm va servis kollejining mutaxassislik fanlari o‘qituvchilari Germaniya xalqaro hamjamiyati (GIS) tomonidan tashkil qilingan Irlandiyaning Dublin texnologiyalar universitetida malaka oshirmoqda. Ushbu malaka oshirish jarayonida Irlandiyaning ta’lim tizimi, xususan turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash, soha bo‘yicha nazariya va amaliyot o‘rtasidagi integratsiya, Irlandiya davlatining turizm sohasini koronavirus pandemiyasidan keyingi rivojlanish holatini o‘rganish rejalashtirilgan.
Ishtirokchilarning malaka oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlari Germaniya xalqaro hamjamiyati (GIS) tomonidan qoplandi.