×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 14 Oktyabr 2022 13:34

Yaponiyaning Toyo universiteti bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida Tokio shahridagi Toyo universiteti hamda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida Toyo universiteti Kuzatuv kengashi raisi Shinji Fukukava, Universitet prezidenti Esuko Yaguchi va boshqa qator masʼullar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi ko‘magida amalga oshirildi.

Uchrashuv doirasida Aziz Abduhakimov Toyo universiteti rahbariyatiga O‘zbekistonda turizm va madaniy meros sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti faoliyatidagi yangiliklar haqida maʼlumot berdi.

Shinji Fukukava O‘zbekiston va Yaponiya taʼlim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida katta salohiyatga ega ekanini taʼkidladi. Shu o‘rinda ikki davlat oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-akademik almashuvlarni faollashtirish, yaponiyalik professorlarni O‘zbekistonga yo‘llash va o‘zbekistonlik talabalarning Toyo universitetida amaliyot o‘tashi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Esuko Yaguchi O‘zbekiston bilan gumanitar, aniq va amaliy fanlar, “yashil” va “barqaror” turizm masalalari hamda obyektlar restavratsiyasi bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar borasida hamkorlikka tayyor ekanini maʼlum qildi.

Yaponiya tomon O‘zbekistonning Ipak yo‘li mamlakatlari fuqarolari uchun Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida 85 davlat granti ajratishga doir tashabbusini yuqori baholadi.

Tomonlar turizm sohasida tadqiqotlar o‘tkazish, jumladan O‘zbekistondagi buddaviylik merosini o‘rganish, buddizm  obidalari restavratsiyasi, arxeologik qazishmalarni amalga oshirish, ilmiy seminar va izlanishlarni olib borishga oid kelishuvga erishishdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Toyo universiteti rahbariyati va professorlarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil qilish va uning davomida yurtimizning turistik va taʼlim salohiyati bilan yaqindan tanishish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishildi.

Bundan tashqari, Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida Toyo universiteti talabalari uchun yozgi kampus tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hamda Toyo universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolanib, u akademik hamkorlik, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, turizm sohasida Yaponiyaning ilg‘or tajribasini qo‘llashni ko‘zda tutadi.

O'qilgan 3157 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1304{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar