O'zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari Antaliya shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston-Turkiya qo'shma komissiyasining 2-yig'ilishida ishtirok etadilar.
Uchrashuv davomida "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti faoliyati to'g'risida Turkiyaning turizm va madaniy merosi sohasi vakillari uchun taqdimot o'tkazildi.
Xususiy sektor vakillari bilan muzokaralarda “Tabarruk ziyorat” konsepsiyasida belgilangan madaniy turizm yo‘nalishlarida TGА bilan birgalikda umumiy sayohat marshrutlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilish, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalarining yozgi taʼtil davomida TÜRSAB tarkibidagi turoperatorlar hamda Turkiyadagi mashhur mehmonxonalarda malaka oshirishlarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini amalga oshirish, universitet kutubxonasini ilmiy adabiyotlar bilan to‘ldirishda hamkorlik qilish kabi masalalar muhokama qilindi.