“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga 2022 yil 19 oktabr kuni Nara shahri meri Motonobu Nakagavi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida Nara shahrida joylashgan universitetlar o‘rtasida munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda ilm-fan sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, aloqalarni izchil yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilindi.