Payshanba, 20 Oktyabr 2022 15:57

“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz Prezidentligiga saylangandan keyin “O‘zbekiston Respublikasini 2022–2026 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” nomli ulug‘vor va keng qamrovli chora-tadbirlardan iborat hujjat ishlab chiqqan edi. Mazkur strategiyani hayotga tatbiq etish davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh qilib, jamiyatimiz, xalqimizni butunlay o‘zgartirib yubordi

2022 yilning 20-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan talabalari uchun “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”  ga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mavzusidagi prezentaziyada:

Harakatlar strategiyasi doirasida, avvalo, inson huquqlarini ta’minlash, davlat tashkilotlarining faoliyati, mas’uliyati va shaffofligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish borasida ulkan tadbirlar amalga oshirildi.

Haqiqiy bozor iqtisodiyotini barpo etish maqsadida tashqi savdo, soliq va moliya siyosati liberallashtirildi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash tizimi yaratildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirish ta’minlandi.

Aholi turmush darajasini oshirish va kambag‘allikni kamaytirish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olinib, yangi va munosib ish o‘rinlari yaratish, aholini malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash holati yaxshilandi.

Muxtasar aytganda, 2017–2021 yillar mobaynida amalga oshirilgan Harakatlar strategiyasi natijasida yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.

Natijada mamlakatimizda jamiyatimiz rivojining keyingi bosqichiga o‘tish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Ya’ni, xalqimiz turmush darajasini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoq va sohalarini transformatsiya qilish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari, manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlangani tog’risidagi ma’lumotlarni aytib o’tdi .

Taraqqiyot strategiyasi 2021 yilda o‘tkazilgan Prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Inson qadri uchun”, “Davlat – inson uchun”, degan g‘oyalar hamda “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari”, tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘tgan davr mobaynida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi va unda bildirilgan 17 ming 500 dan ortiq taklif va tavsiyalar e’tiborga olinganini ta’kidladi.

 

O'qilgan 3286 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar