×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 25 Oktyabr 2022 17:25

Xotin-qizlar xaq-huquqi davlat himoyasida

Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 14 oktabrdagi 2/18-1/2-9-sonli xatiga ko‘ra,  2022 yil 25 oktabr kuni     “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbasova hamda faol xotin-qizlari o‘rtasida ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, hotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida «Biz zo‘ravonlikka qarshimiz» mavzusida  davra suhbati o‘tkazildi.  Suhbat kechasida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” kompaniyasi va talaba-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan asrash  kabi masalalar haqida so‘zlar yuritildi. Ushbu mavzu yuzasidan fakultet boshlig‘i R.Toshniyozova, Yoshlar bilan mahallabay ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova hamda universitetning boshqa faol liderlari tomonidan talaba-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari, ulardan himoyalanish, xotin-qizlar va erkaklarning jamiyatdagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Davra suhbatida taklif va mulohazalar bildirildi, mavjud muammolarga yechimlar berildi. Davra suhbati davomida Kengash tarkibida  "Oqila ayollar" klubi tuzildi, klub a’zolari belgilandi.

         Ma’lumot uchun: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida xotin-qizlarning zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlariga duch kelganda murojaaat qilishlari uchun 1006 ishonch telefoni hamda @himoya_otv_bot      tashkil etilgan.

O'qilgan 2070 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1322{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar