Chorshanba, 09 Noyabr 2022 16:34

Mazkur yilning 10 oktyabr kuni Bratislava universiteti ekonomik informatika fakulteti dekani prof. Brezina Ivan boshchiligidagi “Ipak yo’li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurdi

Faxriy mehmonni birinchi prorektor J.Eltazarov kutib oldi.

Tashkillashtirilgan ekskursiya davomida Bratislava Universiteti jamoasi noyob smart-kampus va universitetning innovatsion kutubxonasi bilan tanishdi. O‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv modeli va ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lining tarixini aks etgan galereyalar va universitet kutubxonasi mehmonda katta taassurot qoldirdi.

Tashrif davomida universitetlar aro hamkorlik masalalari ko’rib chiqildi, markazlar hamda ilmiy laboratoriyalarning ochilishi va  yangi  ta’lim dasturlari haqida suhbat olib borildi.

O'qilgan 1366 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar