Juma, 18 Noyabr 2022 16:25

Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i Ismoilov Ilxom Ismoilzodaning «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba yoshlari bilan o‘tkazildi

 Har qanday davlatning kelajagini ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom va intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan yoshlar belgilaydi. Zotan, yoshlarga e’tibor mamlakatimiz kelajagiga bo‘lgan e’tibordir.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “2022-2026- yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darjasini yanada yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 222-sonli qarori ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 2-ilovasi 56-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Rahbar bilan bir kun” shiori ostida Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i polkovnik Ismoilov Ilxom Ismoilzoda boshchiligidagi mas’ullarning «Rahbar va yoshlar uchrashuvi»   17- noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba yoshlari bilan o‘tkazildi.

Tashkil etilgan mazkur tadbirda Ismoilov Ilxom Ismoilzoda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik haqida alohida to‘xtalib o‘tdi va o‘zining hayoti, ish-tajribasi, erishgan yutuqlari, raxbarlik faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi.

Ismoilov Ilxom Ismoilzoda katta hayotga o‘zining fikrlari va qarashlari bilan intilayotgan universitet talabalari bilan ularni qiziqtirgan turli mavzularda qizg‘in suhbat o‘tkazib, har bir talabaning iqtidori va salohiyatini kuzatar ekan, ularning xorijiy tillarga, iqtisodiyotga, IT yo‘nalishi va asosiysi turizmga yo‘naltirilgan g‘oyalari va  mahoratlaridan mamnun bo‘lib, maqsadlari sari intilishlarida omad tiladi.

Davra suhbati qizg‘in savol javoblarga ulanib, talabalarda katta taassurot qoldirdi. O‘z savollari bilan faol ishtirok etgan talabalar esa polkovnik Ismoilov Ilxom Ismoilzoda tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Uchrashuv so‘nggida universitetimiz hovlisida daraxt ekish marosimi tashkil etilib,  polkovnik Ismoilov Ilxom Ismoilzoda va universitet talabalari bilan xamroxlikda ko‘chat ekildi.

O'qilgan 1524 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar