×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 21 Noyabr 2022 15:14

Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz Nafosat, go'zallik, latofat... bu ta'riflar qizlar uchun atalgan. Joriy yilning 18-noyabr kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan "Lider qizlar" klubining navbatdagi yig’ilishi noan’anaviy tarzda tashkil etildi

Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz
Nafosat, go'zallik, latofat... bu ta'riflar qizlar uchun atalgan. Joriy yilning 18-noyabr kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan "Lider qizlar" klubining navbatdagi yig’ilishi noan’anaviy tarzda tashkil etildi. “O'zbek milliy liboslari” va “Buvijonim kiygan liboslar tarixi” mavzusida mazkur klub talaba-qizlari o'rtasida tadbir o'tkazildi. Bunday tadbirni o'tkazishdan maqsad o'zbek milliy liboslari va buvijonlarimiz kiygan milliy liboslarimizga bo'lgan hurmat tuyg'usini, betakror urf-odatlarimizga nisbatan faxr tuyg'usini uyg'otish, shu bilan birga, ularga sharqona odob-axloq fazilatlari, ularni kelajakda haqiqiy uy bekasi, sevimli ona va e'zozdagi buvijon bo'lishlariga zamin yaratishdir. Tadbir talaba-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, islohotlarga daxldorlik hissini yanada oshirishga qaratilgan. Bu kabi olib borilayotgan ezgu harakatlar kelgusida xotin-qizlar faolligini oshirishda hamda farovon turmushida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

O'qilgan 2519 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1376{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar