×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 06 Dekabr 2022 18:43

Zo‘ravonliksiz hayot sari!

Joriy yilning 5 dekabr kunida dunyo bo‘ylab, jumladan mamlakatimizda keng miqyosda olib borilayotgan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va psixolog D.Turdieva talabalar turar-joyiga tashrif buyurib, ma’anviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazishdi. Unda xorijlik talabalar, ya’ni Eron, Hindiston, Malayziya, Tojikistondan o‘qishga kelgan qizlar ham ishtirok etishdi.

M.Abbasova gender tenglik mavzusi yuzasidan tushunchalar berib, O‘zbekiston Qomusida belgilangan va ayollarni himoya qilishga qaratilgan qonunlar haqida so‘zladi va yig‘ilganlarni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30-yilligi bilan qutladi. Mamlakatimizda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, uning qurbonlari bo‘lgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha qabul qilingan 8 ta normativ-huquqiy hujjat haqida so‘z yuritib, shulardan ikkitasi qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuvda talaba qizlarni qiynayotgan dolzarb ijtimoiy masalalar muhokama qilindi.

Universitet psixologi D.Turdieva qizlarning psixologik holati, ruhiy kechinmalari bilan bog‘liq savollariga javob berdi. “Hammasi o‘z qo‘lingizda!” motivatsion treningi barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

O'qilgan 2364 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1400{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar