Joriy yilning 13-dekabr kuni Rossiya davlat turizm va servis universiteti talabalari xalqaro dastur yo’nalishining dastlabki bosqichida ishtirok etish uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.
Start olgan xalqaro trek maqsadi - yoshlar va talabalar turizmini rivojlantirish hamda ishtirokchilarni mahorat darslari, stajirovka, ishlab chiqarish amaliyotlari va qo‘shma ilmiy izlanishlar orqali kasbga singdirish uchun xorijiy davlatlar bilan transchegaraviy hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.
“Ipak yoʻli” universiteti Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida turistik oqimni koʻpaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar rejasining 11-bandini bajarish maqsadida yoshlar va talabalar turizmi dasturini yanada rivojlantirish boʻyicha oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.