Joriy yilning 13-dekabr sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ma'naviyat va marifat markazi Samarqand viloyat bo'limi tashabbusi bilan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Zuhra Eshonqulova bilan universitet talaba-yoshlari ishtirokida "Ona yurt farzandlari!" shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Shoira Zuhro Eshonqulova "Oqibat"(2014) nomli nasriy, "Umid bahori"(2007), "Sevgimga bitilgan nomalar"(2009) , "Ko‘klam nafasi"(2012) ,"Ko‘ngil fasli"(2015), "Yuragimga aylanar Vatan"(2016) , "Bir quchoq otash"(2019 yil AQShda nashr etilgan) , "Ishq dostoni" (2021), "Samarqanddan esgan sabolar" (2022), bolalar uchun "Bolalarga baxshida olam"(2015) , "Yurtimiz nihollari" (2017) “Nima yaxshi dunyoda?"(2019), "Ona yurt farzandlari"(2021) she’riy kitoblari muallifidir.
Davra suhbati bahs-munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Shoira Zuhra Begim tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga o‘z mualliflik kitoblaridan esdalik uchun taqdim etdi.