Juma, 27 Yanvar 2023 18:17

Sultonov Shohruh futbol bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionati davrida aeraport Operation Managementda yuqori darajadagi faoliyati uchun ushbu soha bo‘yicha dunyoning eng kuchli mutaxassisi Mr Denis Blankdan maxsus sertifikatni qabul qildi

Hozirgi vaqtda dunyoda yuqori o‘rinlarda turuvchi Hamad Xalqaro Aeraportida Yuqori martabali mijozlarga xizmat ko‘rsatish agenti (Senior Customer Service Agent) sifatida amaliyot o‘tayotgan universitetimiz talabasi Sultonov Shohruh futbol bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionati davrida aeraport Operation Managementda yuqori darajadagi faoliyati uchun ushbu soha bo‘yicha dunyoning eng kuchli mutaxassisi Mr Denis Blankdan maxsus sertifikatni qabul qildi.

Bu sertifikatning muhim jihati shundaki, dunyodagi eng nomdor musobaqa davrida eng muhim bo‘g‘in bo‘lgan aeraportdagi tajribani o‘zida aks ettiradi va talabamizning kelajakdagi faoliyati uchun juda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

O'qilgan 1586 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar