Samarqand viloyati delegatsiyasi Malayziyadagi tashrifi davomida O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi R. Usmanov hamrohligida QS jahon universitetlari reytingida yuqori 300 talik o‘rinda turuvchi UCSI xalqaro univesitetiga tashrif buyurdi.
Dastlab R. Usmanov tomonidan O‘zbekistondagi universitetlar hamda hukumat tomonidan rivojlangan mamlakatlarning ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
UCSI universitet rektori Hamisah Binti Tapsir delegatsiyani iliq kutib olib, anglashinuv memorandum imzolashga tayyorlgini bildirdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi prorektori J. Eltazarov Samarqanddagi xalqaro universitet bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari R. Qobilov UCSI xalqao universiteting Samarqandda filialini tashkil etishni taklif etdi.
Bildirilgan takliflar asosida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda UCSI xalqaro universiteti o‘rtasida anglashinuv memorandum imzolandi.