×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 06 Fevral 2023 18:31

“Is gazidan zaharlanishning oldini olish”  mavzusida tadbir tashkil etildi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalariga “Is gazidan zaharlanishning oldini olish”  mavzusida tadbir tashkil etildi.


Joriy yilning 6-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalariga   tashkil etilgan tadbir davomida talaba-yoshlarga is gazidan zaharlanishning oldini olishda qanday yo‘l tutish kerakligini,  isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor berishlik to‘g‘risida mas’ullar tomonidan

  • qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmaslik;
  • tungi vaqt o‘rnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmaslik;
  • oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmaslik;
  • isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor berish;
  • gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qilish va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymaslik;
  • xonani isitish maqsadida ochiq olovdan aslo foydalanmaslik to’g’risida ma’lumot berildi.

  Talaba-yoshlar o‘zlari va yaqinlarini xavfsizligi hamda salomatligini asrash kerakligi to‘g‘risida profilaktik-tushuntirish ishlari olib borildi!

O'qilgan 1726 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1452{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar