2023-yilning 16-fevral kuni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.Xoffmanlar tomonidan universitetning 4-bosqich talabalari o‘rtasida amaliyotni tashkil etish bo‘yicha “ochiq muloqot” bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida bugungi kunda mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bir qancha turizm sohasiga daxldor bo‘lgan 150 ga yaqin tashkilotlar bilan tuzilgan o‘zaro hamkorlik shartnomasi asosida talabalar amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi aytib o‘tildi.
Joriy yilning 20-fevralidan boshlab, 4-kurs bitiruvchi talaba-yoshlarni amaliyotga yuborilayotgani, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari uchun xamkor-tashkilotlarda barcha amaliyot turlari, ya’ni tanishuv amaliyoti, ekskursion amaliyoti, o‘quv amaliyoti, malakaviy amaliyot, ishlab chiqarish amaliyotlari yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida, amaliyot o‘tashning talablari, amaliyotni o‘tish mexanizmlari va barcha kerakli ma’lumotlar berildi.
Har bir talabaga amaliy tajriba zarurligi, ayniqsa turizm sohasida talaba faqat nazariyani o‘rganib hech qachon malakali mutaxassis bo‘la olmasligi, talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, islohotlarni amalga oshirishda yetakchi drayverlariga aylantirish, faol fuqarolik pozitsiyaga ega bo‘lishlarida barcha sharoitlarni yaratish bu universitetning oldidagi ulkan vazifa hamda majburiyat ekanligini ta’kidladilar.
Bundan tashqari, “ochiq muloqot” paytida talabalar bir qancha takliflarini aytdilar, hamda ularga takliflar inobatga olinib ko‘rib chiqilishi aytildi. Xulosa qilib aytganda, universitet rahbariyati va universitet talabalari bunday uchrashuvlarni “ochiq muloqot” formatida muntazam o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.