Seshanba, 21 Fevral 2023 10:58

VIII IPAK YO‘LI UNIVERSITETLARI TARMOG‘INING UMUMIY ASSAMBLEYASIDA CHET EL UNIVERSITETLARI BILAN HAMKORLIK SHARTNOMALARI IMZOLANDI

Joriy yilning 13-18-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan VIII Ipak yo‘li universitetlari tarmog‘ining  (8th General Assembly of SUN) umumiy assambleyasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari ishtirok etishdi. Universitetimiz vakillari Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Mansurova Nargiza Shamsidinovna va 4-bosqich talabasi Ramziddin Ergashevlar konferensiyaga tashrif buyurgan universitetlar vakillari bilan kelajakda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi. Tadbir yakunlariga ko‘ra universitetimiz vakillari bir necha universitetlar bilan hamkorlik shartnomasini imzoladailar. Bular orasida Qozog‘izstonning “Al-Farabi Kazakh National University” , Turkiyaning “Ankara University”, Italiyaning “Ca’ Foscari University of Venice”, “L’Orientale University of Naples” Mongoliyaning “National University of Arts and Culture”, Ruminiyaning “Transilvania University of Brasov”, Hindistonning “University of Dehli” Eron Islom Respublikasining “University of Guilan” kabi mashhur universitetlar bor. Yaqin kelajakda hamkor universitetlar bilan turizm va madaniy meros sohalarida xalqaro kadrlar va talabalar almashinuvini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

O'qilgan 1509 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar