Dushanba, 27 Fevral 2023 14:59

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Turizm va mehmondo‘stlik industriyasida ilmiy tadqiqot ishlari sifatini oshirish” mavzusida onlayn seminar-trening tashkil etildi

Joriy yilning 22-fevral sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida professor-o‘qituvchilar, universitet oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida tahsil olayotgan tadqiqotchilar hamda talabalar uchun universitet Ilmiy tadqiqot ishlari va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Tong Qian Zou tomonidan “Turizm tadqiqotlari:mavzular va usullardagi chegaraviy ishlanmalar” mavzusida onlayn seminar-trening tashkil etildi. Webinarda Avstraliyaning ECU (Edith Cowan University) universiteti professori Songshan (Sam) Huang o‘zining maruzasi bilan ishtirok etdi.

(Ma’lumot uchun: Songshan (Sam) Huang ECU universiteti Biznes va Huquq (SBL) fakulteti Turizm biznesi va xizmatlari marketingi bo‘yicha professori va shu bilan birgalikda u SBL turizm tadqiqotlari markazi direktori hisoblanadi. Professor Xuang xalqaro miqiyosda turizm va mehmondo‘stlik industriyasi tadqiqotlari bo‘yicha samarali tadqiqotchi dunyodagi yetakchi olimlardan biri sifatida tan olingan. Hozirgi vaqtga qadar Professor Xuangning xalqaro e’tirof etilgan bazalarga kiritilgan jurnallarda 140dan ziyod maqolalari chop etilgan. Shulardan 120 ta maqola SSCI indeksli jurnallarda chop etilgan. 2021-2022 yillarda Stanford universiteti xulosalariga ko‘ra Professor Xuang dunyoning top 2% olimlari qatoriga kiritilgan (Elsevier BV (digitalcommonsdata.com).

O'qilgan 1436 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar