Dushanba, 27 Fevral 2023 17:25

“Turizm menejmenti” kafedrasi mudiri Hindiston hukumati tomonidan to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi g‘olibi bo‘ldi

Universitetimizning “Turizm menejmenti” kafedrasi mudiri, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Akmaljon Odilovich Odilov Hindiston hukumati tomonidan to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi g‘olibi bo‘ldi.

“Ijodiy va innovatsion tashkilotni rivojlantirish” (Developing Creative and Innovative Organization) mavzusida Hindistonning ilg‘or universitetlarida tajriba orttirib kelish imkoni beruvchi mazkur grant dastur orqali orttrilgan bilim va  tajribamni jonajon yurtimiz rivojiga, qolaversa, universitetimizni rivojlantirishga safarbar etaman deydi, grant g‘olibi, PhD, Akmaljon Odilov.

Dastur doirasida do‘st Hindiston tomoniga yurtimiz va uning turizm salohiyati haqida turkum ma’lumotlar berilishi nazarda tutilgan.

O'qilgan 2085 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar