Payshanba, 02 Mart 2023 17:40

QUTLOV!

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi 2023 yil 1 fevraldan 28 fevralgacha “OTM psixologlari” yo‘nalishi bo‘yicha 144-soatlik malaka oshirish kursida tahsil olib, fanlarni o‘zlashtirishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan, amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashib, professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga muyassar bo‘lgani uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Turdieva Dildora Shokirjonovna “ENG FAOL TINGLOVCHI” diplomi bilan taqdirlandi.

Malaka oshirish haqidagi Sertifikat va diplomni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov topshirdi.   

O'qilgan 1821 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar