×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 03 Mart 2023 10:48

Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar

2023-yil 2-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M. Abbasova, psixolog D. Turdiyeva tomonidan universitetda faoliyat yuritayotgan Tozalik uchun mas‘ul xodimlar (farroshlar) bilan “Jamiyatda ayol: myammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

      Tadbirni ochib bergan Xotin-qizlar kengashi raisi M. Abbasova “Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasida” ma’ruzasida davlatimizda ayollarning huquq va erkinliklarini himoya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida ilgari surilgan va xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi, huquqiy savodxonligini oshirish borasida universitetda rejalashtirilgan hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida to’xtalib o’tdi. 

     Shuningdek, tozalikka mas’ul xodimlarining mehnatini qadrlash uchun universitet Xotin-qizlar kengashi raisi sifatida talabalar hamda professor-o’qituvchilarga murojaat qilib, ozodalik, sarishtalikka barcha birdek mas’ulligini ta’kidladi.
     O‘z navbatida universitet amaliyotchi psixologi Dildora Turdieva “Hammasi o‘z qo‘lingizda!” nomli motivatsion trening o‘tkazdi. Quvvat zahiramizni to‘g‘ri sarflash, uni yo‘naltirish borasida batafsil ma’lumot berildi. Insonni energetik-emotsional rivojlantirishga yordam beruvchi, bosh og‘rig‘i, charchoq, ruhiy siqilishdan xalos etuvchi mashqlar bajarildi. “Keling, salomlashamiz” harakatli o‘yini barcha ishtirokchilarga pozitiv kayfiyat ulashdi. “Mutanosiblik zinasi” metodikasi xodimlarning ayni paytdagi psixologik holatini aniqlab, uni korreksiya qilishga yordam berdi.

O'qilgan 1800 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1497{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar