×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 06 Mart 2023 15:01

O‘zbek milliy liboslari – nafosat timsoli

    Nafosat, go’zallik, latofat - bu ta’riflar qizlar uchun atalgan. Joriy yilning 3-mart kuni universitet Xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Lider qizlar” klubining navbatdagi yig’ilishi noan’anaviy tarzda tashkil etildi.

    “O‘zbek milliy liboslari” va “Buvijonim kiygan liboslar tarixi” mavzusida “Lider qizlar” tomonidan tadbir o‘tkazildi. Uni o‘tkazishdan maqsad, buvijonlarimiz kiygan milliy liboslarimizga bo‘lgan hurmat, betakror urf-odatlarimizni yoshlar ongiga singdirish, shu bilan birga ularga sharqona odob-axloq fazilatlari, ularni kelajakda haqiqiy uy bekasi, sevimli ona va e’zozdagi buvijon bo‘lishlariga zamin yaratadi.

    Tadbir talaba-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, islohotlarga dahldorlik hissini yanada oshirishga qaratildi. Bu kabi olib borilayotgan ezgu harakatlar kelgusida xotin-qizlar faolligini oshirish hamda farovon turmushida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi

O'qilgan 3097 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1503{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar