Dushanba, 06 Mart 2023 16:56

Janubiy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasiga kitob va jurnallardan iborat yangi to‘plam sovg‘a qilidi

Janubiy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi  tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasiga  kitob va jurnallardan iborat yangi to‘plam sovg‘a qilidi.

Ushbu kitoblar Hindiston tarixi, madaniyati,turizmi,adabiyoti va me’morchiligiga bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy izlanish va o‘quv jarayonlarida professor-o‘qituvchi va talabalarimizga, shubhasiz, katta foyda keltiradi.

Ta’kidlash joizki, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov rahbarligida kutubxonaga qisqa vaqt ichida, turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, dizayn, haykaltaroshlik, me’morchilik, madaniy meros kabi sohalar dunyoning barcha tomonlarida nashr etilgan 25 mingga yaqin kitob yetkazib berildi.

Universitet kutubxona fondiga mamlakatimizning xorijdagi diplomatik muassasalari ham o‘zining bebaho hissasini qo‘shmoqda.

O'qilgan 1496 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar