Joriy yilning 14-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (10/1-154 02.02.2023) voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish, istalmagan homiladorlik holatlarining oldini olishga qaratilgan chora- tadbirlar rejasi dasturining 4-bandida "Umum ta'lim maktablarining yuqori sinf o'quvchilari, hamda akademik litseylar, professional ta'lim, oliy ta'lim muassasalari o'quvchi talabalari o'rtasida erta nikoh, yaqin qarindoshlar o'rtasida nikohlarning salbiy oqibatlari" to'g'risida ma'lumot berish maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitet xotin-qizlar Kengashi hamda Samarqand viloyati Reproduktiv markazi direktori U.M.Boborahimovalar tomonidan talaba-qizlar o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Davra suhbatida shifokor U.M.Boborahimova talaba-qizlarga tibbiy jihatdan erta nikoh qurish erta tug‘riq va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning salbiy oqibatlari amaliyotda ko‘plab uchrayotganligini tushuntirib berdi.