Tadbirda birinchi prorektor J.Eltazarov va universitetning barcha bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Universitet birinchi prorektori J.Eltazarov hozirgi o‘quv, ilmiy va ma’naviy jarayonlar haqida qisqacha axborot berdi. Shundan so‘ng uchrashuvning asosiy qismi boshlandi. Unda talabalar turli yo‘nalishlar va sohalar bo‘yicha muammolarni rahbarlar e’tiboriga havola etdilar, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quv jarayonini yaxshilash bo‘yicha takliflarini o‘rtaga tashladilar. Uchrashuvda bir qator muammolar o‘z yechimini topdi, qolgan masalalarni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Uchrashuvda talabalar davomati, kiyinish madaniyati, dars jadvali va ta’lim sifati haqida so‘z bordi.
Shuningdek, universitet rahbariyati yoshlar muammolarini doimiy o‘rganishi, muammolar yuzasidan murojaat qilish mumkin ekanligi bildirildi.
Uchrashuv yakunida birinchi prorektor J.Eltazarov universitetda an’anaga aylangan “Prorektor va magistrantlar” uchrashuvi doimiy tashkil etilishi, agar biror talabaning alohida murojaati bo‘lsa, qabul qilish uchun doimo tayyor ekaniligini bildirdi.