Yakshanba, 19 Mart 2023 10:46

YOSHLАR MISSIONERLIK VА PROZELITIZM TА’SIRIDАN SАQLАNING!

Joriy yilning 17-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti majlislar zalida “Yoshlarni missionerlik va prozelitizm taʼsiridan himoyalash” mavzusida talabalar uchun tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Samarqand viloyat hokimligi diniy ishlar qo‘mitasi raxbari Boymurodov Soxibnazar Mardonovich, Respublika diniy qo‘mita vakillari Sharipov Sherzod va Safarov Xakimbeklar ishtirok etdilar.
Uchrashuvni o‘tkazishdan asosiy maqsad Islom dinini sofligini targ‘ib etish, O‘zbekiston Respubikasi qonunlari bilan taʼqiqlangan turli yot diniy oqimlarga yoshlarni kirib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va g‘oyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida davom etayotgan missionerlik faoliyatini o‘z o‘rnida anglash, ulardan doimo ogoh bo‘lish taʼkidlandi.
Talabalar uchun muhim maʼlumot! - Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lug‘aviy maʼnosini tushunib olish muhim ahamiyatga egaligini alohida qayd etish lozim.
Ushbu so‘z lotin tilidagi «missio» feʼlidan olingan boʼlib, «yuborish», «vazifa topshirish», missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan maʼnolarni anglatadi.
Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi.
Umuman olganda, turli lug‘atlar va manbalarda bayon etilgan taʼriflar bir-biriga juda yaqin va o‘xshash bo‘lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: missionerlik - bir dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishni anglatadi.
Prozelitizm - bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilishdan iboratdir.

O'qilgan 1587 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar