Tasviriy san'at insonlarning atrof – muhit va san'at olamidagi go'zalliklarni ko'ra bilishga va ularga estetik munosabat bildirishga, san'atning ijtimoiy mohiyatini va ahamiyatini teran anglagan holda me'moriy yodgorliklarni, tasviriy, amaliy va dizayn san'ati asarlarini milliy iftixor, qadriyat sifatida e'tirof etish va muhofaza qilishga o'rgatadi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining asosiy oʻquv binosida tashkil etilgan doimiy galereya ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.
Ma’lumki, 2022 yil Samarqandga ShHT sammiti arafasida ShHTga a’zo davlatlarning tajribali rassomlari tashrif buyurgandi. Ularning ona Vatanimiz va Samarqand aks etgan eng sara asarlari esa sammit arafasida ochilgan xalqaro ko‘rgazmadan o‘rin olgandi. Maqsad — ShHT sammitida Samarqand ruhini yanada yorqinroq aks ettirish.
Rassomlarning har biri o‘z asarlari orqali ShHTda Samarqand ruhini aks ettirishga harakat qildi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilgan «Rassom nigohida Samarqand ruhi» galereyasi ham ushbu ishlarning mantiqiy davomidir».
Tashkil etilgan «Samarqand ruhi rassom nigohida» nomli doimiy galereyada rassomlarning O‘zbekiston va Samarqandga oid manzaralari aks etgan 200 dan ortiq turli janrlardagi maftunkor ijod namunalari joy olgan. Ko‘rgazmada rassomlarning portret, natyurmort, peyjaz, kompyuter grafikasi janrlardagi turli-tuman asarlari taqdim etilgan. Yorqin ranglarga boy asarlarda ona Vatanimizning so‘lim go‘shalari tasvirlangan asarlar, Samarqandga, uning va mehnatsevar xalqiga bo‘lgan yuksak muhabbat o‘z ifodasini topgan. Rassomlar tomonidan chizilgan saralangan asarlar mamlakatimizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha nashr etiladigan albom uchun tavsiya etilgan.Tashkil etilgan rasmlar galereyasini universitetimiz talabalari katta quvonch bilan qarshi olishdi.