×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 24 Mart 2023 09:52

13-15-mart kunlari Samarqand shahrida Markaziy Osiyo do‘stlik va mustahkam qo‘shnichilik yoshlar forumi ish boshladi

Ushbu forum Yevropa Ittifoqi moliyalashtirilayotgan “Markaziy Osiyoda bag‘rikenglik va tinchlik yo‘lida transchegaraviy ko‘p tomonlama muloqot” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Loyiha Konrad Adenauer nomidagi jamg‘arma boshchiligidagi konsorsium bilan uchta mamlakatdagi hamkorlari — “Yuksalish” umummilliy harakati (O‘zbekiston), “BIOM” ekologik harakati (Qirg‘iziston) hamda “Gender va taraqqiyot” jamoat tashkiloti (Tojikiston) tomonidan amalga oshirilmoqda.

Forumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetning faol talabalari ham munosib ishtirok etib, 4-bosqich talabasi Oripova Muxlisa ishtirok etgan loyiha 1-o‘ringa munosib ko‘rilib, 2.5 yevrolik grand ajratiladigan bo‘ldi.   Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan 100 ga yaqin yoshlar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.

Uch kunlik Forum dasturidan yoshlar o‘rtasida xalqaro munozaralar, ta’lim va axborot sessiyalari, muhokamalar joy olgan. Shuningdek, o‘zaro muloqot va tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kelgusida qo‘shma transchegaraviy loyihalar uchun g‘oyalar ishlab chiqildi.

O'qilgan 2131 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1545{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar