Joriy yilning 27-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalar uchun “Kino kuni” tashkil etildi va talabalar kinoni universitet majlislar zalida tomosha qilishdi. Tadbir universitetning tyutorlari G.Husainova, D.Xusanova va Sh. Jonuzoqovаlar tomonidan tashkil etildi. Turli mavzulardagi filmlarning keng ro‘yxati orasidan talabalar uchun eng qiziqarli va dolzarb filmlar tanlangan.
“Kino kuni” muvaffaqiyatli bo‘lganligi va film tomosha qilish talabalarga yoqqanligi sababli, kelgusi haftada ham davom ettirish va ilm-fanga oid yangi filmlar namoyishlarini ham o'tkazish rejalashtirildi. Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi talabalarning bo‘sh vaqtlarini intellektual o‘tishini qo‘llab-quvvatlaydi, darsdan tashqari vaqtni mazmunli o‘tishi talabalarning rivojlanishi uchun foydalidir, hatto keyinchalik hamma talaba o‘z faoliyatini ilm-fan bilan bog‘lamasa ham, ilm-fan haqidagi filmlar talabalarda tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish istagini uyg‘otadi.