Seshanba, 28 Mart 2023 14:44

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ko‘magi bilan “Turizm menejmenti” kafedrasi va Isroilning Ashkelon akademik kolleji hamkorlik aloqlari rivojlanib bormoqda

Ushbu ta’lim muassasasining professorlari Prof., Shahar Shilo va Prof., Yael Ram universitetimizning Smart-121, Hotel-122, Mantour-221/Mantour-121 va Tour-122 guruhlariga “Tourism from The Early Ages to The Post Covid-19 Trends” va “Crises Management in Tourism” mavzularida 23-mart va 27-mart kunlari ochiq dars o‘tib berishdi.

Turizm sohasida boy ilmiy va amaliy tajribaga ega har ikkala professorlarning ochiq darsi professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida katta qiziqish bilan qarshi olindi va dars so‘ngida qiziqarli savol-javoblar bilan nihoyasiga yetdi.

O'qilgan 1473 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar