Seshanba, 11 Aprel 2023 12:41

Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik shiori ostida "Uch avlod" uchrashuvi tashkil etildi

Tarixga nazar tashlash, kelajakda yuqori marralarni ko‘zlash har qanday sohaning taraqqiy etishi uchun lozim jihatlardan biri hisoblanadi.

2023-yilning 10-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida  “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Tashkil etilgan uchrashuv davomida talabalar yoshi ulugʻ insonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar haqida samimiy fikrlarini bildirdi.

El-yurt ravnaqi yoʻlida mamlakatimizda olib borilayotgan yangilanishlarda kamarbasta boʻlish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz oʻrtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi.

O'qilgan 1735 marta
Kategoriya Talabalar hayoti

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar