“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining muzey ishlari boʻyicha magistri Arezu Eslambolchi Mogʻadam xalqaro jurnalda maqola chop etdi. Uning maqolasida O‘zbekiston va xorijda yashovchilarning nomoddiy madaniy meros hisoblangan “Mavrigi” qo‘shiqlari sikli bilan tanishtirilgan va tegishli masalalar baholangan.