×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 17 Aprel 2023 15:35

Oiladagi go’zal tarbiya tamoyillari

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, universitet shifokori S.Tosheva va Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Vastayevalar tomonidan 2023-yil 14-aprel kuni unversitetga qarashli Samarqand shahar Bunyodkor маhаllasi xotin-qizlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

       Aytish joizki, ushbu mahallada istiqomat qilayotgan aksariyat aholi farzandlari unversitetimiz talabasi. Uchrashuvda “Oilada ota-ona va farzandlar o‘tasidagi muomala va hurmat”, “Talaba-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va turli salbiy holatlarning oldini olish” kabi mavzular muhokama qilindi.

      Universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova so’zga chiqib, asrlar osha ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelgan va xalqning hurmat-ehtiromiga sazovor bo‘lgan o‘zbek milliy urf-odatlari, axloq va odob qoidalariga alohida ahamiyat qaratish lozimligi, jumladan kattalarga hurmat, yoshlarga mehr-shafqat, mehmondo‘stlik, bemorlarni borib ko‘rish va ko‘ngil kutarish, oila a’zolari orasida va jamoat joylarida muloqot madaniyati, andisha, sukut va sir saqlash qoidalari singari noyob urf-odatlarimiz haqida fikr yuritdi.

      O’zbek oilasida farzand tarbiyasi o’ta muhimligini inobatga olgan holda,  mahalla yoshlari bilan birgalikda “Oiladagi go’zal tarbiya tamoyillari” bo‘lmish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. Universitet shifokori S.Tosheva oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollar sog‘ligini mustahkamlash, yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohlarning diniy, tibbiy tomondan salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Vastayeva ham ma‘nan sog‘lom oilada barkamol farzandlar ulg‘ayishi to‘g‘risida tahliliy munosabat bildirdi. Uchrashuv davomida videorolik va taqdimot namoyish etildi. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar ko`pgina savollarga javob olishdi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi. Universitet vakillari olib borayotgan bu kabi ezgu harakatlar kelgusida xotin-qizlar faolligini oshirishda hamda farovon turmushida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

O'qilgan 1853 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1611{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar