Dushanba, 17 Aprel 2023 16:01

Universitetimizning iqtidorli talabalar jamoasi “Samariya” asarini namoyish etdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida” 2022-yil 25-noyabrdagi 387-son buyrug‘i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 10-bandiga asosan joriy yilning 13-aprel kuni tanlovning mintaqaviy bosqichini o‘tkazish belgilangan edi.

Xabaringiz bor ikki yildirki o‘z faoliyatini klub tarzida olib borayotgan “Ipak Yo’li” talabalar teatr studiyasi universitetimizning ma’naviy hayotida o’z sahna asarlari namoyishi va boshqa tadbirlarda ishtiroki bilan tanilib ulgurdi. Joriy yil mazkur studiya talabalari ilk bor Respublika tanlovida ishtirok etdi va 2-bosqichda “Eng yaxshi milliy an’analar namoyishi” nominasiyasida g‘olib bo‘lib 3- bosqichga taklif etildi. 12-13- aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan 3-mintaviy bosqichda munosib ishtirok etdib qaytdi.

Tanlov davomida universitetimizning iqtidorli talabalar jamoasi tomonidan yig‘ilganlarga “Samariya” asari namoyish etildi. Tomoshabinlarda va ekspertlarda katta taassurot qoldirgan jamoa repertuarida allaqachon 3 ta asar borligini eshitgan mutasaddi tashkilotlar, xususan Xorazm viloyat turizm boshqarmasi yaqin kelajakda hamkorlik loyihalariga taklif etish rejasi borligini bildirishdi.

Eslatma! Talaba teatr studiyalari Respublika tanlovi davom etmoqda. Tanlovda 24 ta universitet qatnashmoqda. 3-bosqichning yakuni 19 aprelga belgilangan.

O'qilgan 1265 marta
Kategoriya Talabalar hayoti

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar