“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan universitet xiyobonida ko‘chma kutubxona faoliyati tadbiri bugun ham davom etmoqda. Ushbu ko‘chma kutubxonaning asosiy maqsadi, yoshlar va aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishdan iborat, chunki kitob o‘qish inson bilimini, tafakkurini, ma’naviyatini yuksaltiradigan yagona omil hisoblanadi. “Ochiq osmon ostidagi kutubxona” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda universitet talabalari va shahar yoshlari faol qatnashdilar. Universitet talabalari o‘tkazilgan tadbir haqida iliq fikr bildirdilar va bundan keyin ham mana shunday tadbirlar o‘tkazilish haqida aytib o‘tdilar. Axborot-resurs markazi direktori va xodimlari talaba-yoshlarni kitob o‘qishga jalb qilib, kutubxonada mavjud bo‘lgan adabiyotlar va kutubxona faoliyati bilan tanishtirdilar.
Shu bilan birga universitet talaba-yoshlari uchun shaxmat-shashka sport o‘yinlari tashkil etildi. Ushbu sport turlari yoshlar o‘rtasida keng ommalashib bormoqda va talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.