×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 17 Aprel 2023 22:59

Ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi! – Sh.Mirziyoyev

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bugun universitet birinchi prorektori J.Eltazarov tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda universitet bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etishdi.  Yig‘ilishda J.Eltazarov 2023 yilning 11 aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligidagi yig‘ilishda, yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan ma’lumot berdi.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham sezilarli ishlar amalga oshirilgani, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi, uchinchi toifaga kiradigan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha har bir vazir, vazir o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, oliygoh rektorlari, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga uchinchi toifadagi 50 nafardan e’tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi, yoshlarni ishga qabul qilish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilishi, 1 iyundan boshlab “yoshlar daftari”ga kirgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimini joriy qilinishi, “Yangi O‘zbekiston yoshlari tashabbuslari” jamg‘armasi va elektron platformasi tashkil qilinayotgani, “yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini ishlatish tizimi ham o‘zgarishi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha yangi tizim tashkil etilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni batafsil tushuntirdi.

Globallashuv sharoitida yoshlar tarbiyasi va ongiga tahdidlar tobora kuchayib borayotgani uchun, universitet talabalari uchun darsdan keyin ijodiy kechalar, sport o‘yinlari, madaniy tadbirlar bilan talabalarning bo‘sh vaqtini boyitish masalasi ko‘rildi.

Universitetdagi har bir xodim, professor-o‘qituvchilarga talaba-yoshlarni  Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bandligini ta’minlash, ularni IT, xorijiy til, zamonaviy kasblarga o‘qitish, sportga jalb qilish, xorijdagi yoshlar bilan ishlash, milliy va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga mas’ul ekanliklarini ta’kidladi.

O'qilgan 1215 marta
Kategoriya Talabalar hayoti

Foto

{gallery}1615{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar