“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar Kengashi va fakultet koordinatorlari saralandi.
Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2023-yil 4-apreldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qo‘shma qarori qabul qilingan edi. Qarorda yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida kengash a’zolarini saralab olish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi mas’ullari va universitetning tegishli bo‘lim boshliqlari ishtirokida suhbat jarayoni tashkil etildi.
Tashkil etgan suhbat jarayonida munosib nomzodlar saralab olindi va ularga yuklatilgan vazifalar tahlil qilindi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidagi kengashi faoliyatiga omad tilaymiz!