Joriy yilning 27-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Ispaniya Oliy ta’lim bo‘limining xalqarolashtirish bo‘limi direktori Jose Aurelio Llaneza Villanueva, Moskvadagi Ispaniya elchixonasining o‘quv ishlari bo‘yicha texnik mutaxassisi Albert Vitria, Huelva universitetining xalqaro loyihalar va mobillik bo‘yicha direktori Maria Teresa AceytunoPerezlar tashrif buyurdi va mehmonlarni universitetning ilmiy ishlar, innovatsiyalar va tijoratlashtirish bo‘yicha prorektori Zuo Tong Qiang kutib oldi.
Uchrashuv davomida “Ipak yo‘li” xalqaro universiteti haqida ko‘p marotaba eshitishganliklarini va universitet bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda Ispaniyalik mehmonlar tayyor ekanligini bildirib o‘tishdi. Maria Teresa Aceytuno Perez ham Huelva universitetida mavjud Ispan filologiyasi, tarix, madaniy merosni boshqarish va boshqa turizm sohalariga taaluqli yo‘nalishlari mavjudligi va kelajakda turli dasturlar orqali universitetlar o‘rtasida talabalar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar o‘rtasida almashinuv dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlari mavjud ekanligini va bunga Ispaniya universitetlari tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.