O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2023-yil 7-martdagi “2023-yilda Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada tashkil etish va Shahrisabz shahrining “2024-yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomini olishiga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 98-son qarorining 3-ilova bilan tasdiqlangan “Samarqand – jahon turizm poytaxti. Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi 25-sessiyasi mezboni” shiori ostida 2023-yil davomida o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi”ning 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universitetida joriy yilning 1-may kuni universitet Ilmiy tadqiqot ishlari va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Tong Qian Zou, ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Mansurova Nargiza Shamsidinovnalar boshchiligida professor-o‘qituvchilar va universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar hamda magistratura bosqichida tahsil olayotgan xorijlik talabalar ishtirokida “Turizm. Fan. Innovatsiya” xalqaro yoshlar turizmi konferensiyasi" tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga Samarqand iqtisodiyot va servis institutidan bir guruh talabalar va professor-o‘qituvchilar tashrif buyurishdi va o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan turizm sohasidagi innovatsiyalar va ularning sohaga kengroq jalb qilinishi bilan bog‘liq dolzarb muammolar muhokama qilindi.