Prezidentimizning joriy yilning 22-may kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ijtimoiy soha obe’ktlarida quyosh panellarini o‘rnatish topshirig‘i ijrosi yuzasidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros хalqaro universitetida ham bir qator amaliy ishlarga qo‘l urildi. Bugungi kunda universitetda 70 kvt/soat quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, 2023-yil III-chorak yakuniga qadar yana qo‘shimcha 234 kvt/soat quvvatga teng quyosh panellari o‘rnatish reja qilingan.
Quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha Toshkent davlat Texnika universitetidan biriktirilgan ishchi guruhi a’zolari oliygohga tashrif buyurib bu yerda qilingan ishlar bilan yaqindan tanishdi.