×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 30 May 2023 22:28

Bosh assambleya tomon yana bir qadam

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)ning Madrid shahridagi qarorgohida 16-20 oktyabr kunlari tashkilot Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasini Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati va tashkilot o‘rtasida bitim imzolandi va tadbirni yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili, Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov hamda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti rektori Aziz Abduhakimov Samarqand shahrida UNWTO Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish yuzasidan memorandum imzoladilar.

Aytish kerakki, mamlakatimiz tarixida ilk marotaba BMT oilasiga kiruvchi xalqaro tashkilot Bosh Assambleyasini qabul qilish yo‘lida yana bir muhim tashlamoqda. Bosh Assambleya nafaqat O‘zbekistonning boy madaniyati, turizm salohiyati, investitsion jozibadorligini jahon hamjamiyatiga keng namoyish etadi va balki xalqaro turizm industriyasi uchun yangi davrni ochib beruvchi tadbirga aylanadi.

Aslida bu tashabbus xususida Davlatimiz rahbari va tashkilot Bosh kotibi o‘rtasida kechgan uchrashuvda ilgari surilgan va yurtboshimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.

O‘z navbatida Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasining tashkil etilishi UNWTO va O‘zbekiston o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlikni yanada mustahkamlab, turizm sohasida xalqaro miqyosdagi mutaxassislarni tayyorlash imkonini yaratadi.

Eng muhimi, xorij tajribasini puxta o‘rganib, boyitib, amaliyotga tatbiq etish uchun xalqaro maydon yaratiladi.

 

Bosh assambleya tomon yana bir qadam | O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm Vazirligi

O'qilgan 1569 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1702{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar