Seshanba, 06 Iyun 2023 12:34

Vatan ravnaqida mening o‘rnim

Talaba-qizlar ishtirokida motivatsion uchrashuv tashkil etildi.

     Universitetda talaba yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor tufayli ular har bir sohada ulkan yutuq va muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Buning natijasini Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32 yillik Yig‘ilishiga tashrif buyurgan oliy martabali mehmonlar tomonidan tarjimon-volontyor talaba qizlarimizga o‘z faoliyatlarini yuqori saviyada olib borganliklari uchun yuborilgan minnatdorchilik xatlaridan ham ko‘rishimiz mumkin.

       Shu munosabat bilan 2023-yil 5-iyun sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbasova va universitet psixologi D.Turdiyeva SamDCHTIga qarashli 4-son xususiy Talabalar turar-joyida ijarada istiqomat qiluvchi qizlar bilan “Vatan ravnaqida mening o‘rnim” mavzusida motivatsion uchrashuv tashkil etildi.

      Unda universitet Xotin-qizlar Kengashi raisi tomonidan talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga yo’naltirish, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib yetishishlarida va o‘z aql-zakovatini namoyon etishiga ko‘maklashish maqsadida bir qator nomdor stipendiant talabalar, “Lider qizlar” klubi a‘zolari hamda Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkiloti talaba qizlar koordinatorlari ishtirokida fikrlar almashinildi va maslahatlar berildi.

       Universitet psixologi D.Turdiyeva tomonidan esa qizlarning psixologik holatini yaxshilash, ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida motivatsion trening tashkil etildi. O‘quv yili oxiriga kelib, barcha talabalarning ruhiy zo‘riqish, emotsional “yonish” ahvoliga tushishi tabiiy hol. Dildora Turdieva ularni bu vaziyatdan chiqarishga yordam beruvchi bir qator proektiv metodika va mashqlar o‘tkazildi. Ushbu tadbir ishtirokchilarda pozitiv his-tuyg‘ular uyg‘otib, xushkayfiyat ulashdi.

O'qilgan 994 marta
Kategoriya Talabalar hayoti

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar