“Turkiy davlatlari tashkilotining Turk Dunyosi Universitetlari Ittifoqi”ning Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilayotgan maxsus yig‘ilishida universitet rektori Aziz Abduhakimov ishtirok etib, bugungi kunda asriy orzular ushalib, turkiy davlatlar o‘zaro hamkorlikka kirishganligi va bu yo‘lda oliy ta’lim muasassalari rektorlari ham amaliy jarayonlarda faol ekanligi xususida gapirib, tadbir ishiga omad tiladi.
2013-yilda tashkil etilgan Turk Dunyosi Universitetlari Ittifoqi kengashining Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tayotgan maxsus yig‘ilishida Qozog‘iston, Turkiya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston davlatlaridan 50 ga yaqin a’zo universitet vakillari va ekspertlar ishtirok etdi.
Maxsus yig‘ilishda a’zo yetakchi universitetlar rektorlari tomonidan akademik hamkorlikni rivojlantirish natijasida Turk Dunyosi universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, tajriba va bilimlarni almashish hamda qo‘shma ta’lim va tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlari muhokama qilinish bilan birga, oliygohlar o‘rtasida talabalar almashinuvi tashabbuslari, amaliyot dasturlarini yaratish va yuqori sifatli ta’limni ta’minlash uchun o‘quv standartlarini takomillashtirish bo‘yicha fikrlar almashildi. Maxsus yig‘ilish sessiyalarga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.