2023-yil 14-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbasova hamda Axbarot resurs markazi yetakchi mutaxassislari A.Izbasarova va S.Samiyevlar tomonidan “Men Malalaman” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu asar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Asar “23,5 burchak ostida” (https://t.me/burchakostida) loyihasi doirasida ilk bora o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Asar nobel mukofoti laureati, 24 yashar pokistonlik Malala Yusufzoy tomonidan yozilgan bo‘lib, muallif bu asarda o‘z mamlakatidagi qizlar ta’limiga nisbatan to‘sqinliklar, ayollar huquqining poymol bo‘lishi haqida yozadi. Bir qancha qiyinchiliklar tug‘ilishiga qaramay, ilm olish hamda o‘zining va boshqalarning huquqlarini himoya qilishdan chekinmagan Malala ko‘plab yoshlarga o‘rnak bo‘ladi.
Asar talaba yoshlar o‘rtasida muhokamaga sabab bo‘ldi. Bundan xulosa qilish mumkinki, xotin-qizlarimiz yurtimizdagi tinchlik va osoyishta hayotda ta’lim olishi va yashashi uchun qancha imkoniyalar borligini his qilib shukronalik tuyg‘usi bilan yashashni o‘rganadi.